Bu yilgi festival oʻtgan yillardagiga nisbatan yanayam yuqori saviyada, oʻzgacha ruhda oʻtishi kutilyapti.

Festivalda milliy hunarmandchilikning 34 ta yoʻnalishi boʻyicha 1 000 dan ortiq, shundan xorijiy mamlakatlardan 30 dan ortiq hunarmandlarning ishtiroki kutiladi.

Festival Buxoro viloyat hokimligi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi va Buxoro viloyati boshqarmasi, viloyat Turizm va sport boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirilgan.

Festival anʼanaviy milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosida keng targʻib qilish, hunarmandlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, hunarmandchilik va turizmni yana-da ravnaq toptirish, Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar, imkoniyati cheklangan insonlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida pavilyonlardan joy ajratish koʻzda tutilgan.

Festivalda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan, qoʻshni Tojikiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va boshqa davlatlardan usta hunarmandlar, sayyohlik tashkilotlari mutaxassislari, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlarning vakillari tashriflari kutilyapti

Xurshid Yahyoyev,

“Hunarmand” uyushmasi

Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi.