Koʻrgazma milliy mahsulotlarni Ozarbayjon bozoriga chiqarish, eksport hajmini oshirish va eksport shartnomalari portfelini shakllantirish, koʻrgazma qatnashchilarini respublikaning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan keng tanishtirish, investitsiya loyihalari uchun keng imkoniyatlar yaratish, Oʻzbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi va turistik salohiyatini oshirish, “Made in Uzbekistan”” brendini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan.

Ushbu koʻrgazmada “Hunarmand” uyushmasining 2 nafar aʼzosi hamda “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJ oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda, deb xabar beryapti respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati.