Mashgʻulotlar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirjamiyathayotiningturlijabhalarida, xotin-qizlarmavqeinioshirishgaqaratilganinnovatsionyondashuvlarnimuhokamaqilishuchunqulaymaydonboʻlibxizmatqilyapti. OʻquvmashgʻulotlaridaOliysud, Boshprokuratura, MudofaavaIchkiishlarvazirliklari, Milliygvardiya, Bojxonaqoʻmitasivakillariishtiroketyapti.
Yetakchilik va boshqaruvni rivojlantirish boʻyicha xalqaro ekspert Yelena Moll mashgʻulotlarda asosiy trener sifatida qatnashyapti.
Oʻzbekiston BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirishda ulkan ijobiy tajribaga ega. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov oʻz kirish soʻzida batafsil toʻxtaldi.
Oʻzbekistonda gender siyosatini amalga oshirish borasida erishilgan muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi. Jumladan, parlamentdagi xotin-qizlarning ulushi izchil ortib borayotganiga eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlarida xotin-qizlarning oʻrni va rolini kuchaytirish nafaqat milliy xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq muhim sohalarda ushbu jins vakillarining keng ishtirokini taʼminlash, ayni chogʻda istiqbolli qarorlar qabul qilish jarayonlarini turli nuqtai nazarlar bilan boyitish imkonini ham beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida 2 ming nafarga yaqin mutaxassis xotin-qiz mehnat qiladi. Bu raqam umumiy koʻrsatkichning qariyb 37 foizini tashkil etadi va tobora ortib boryapti.
Soʻnggi yillarda taʼlim, mehnat va ijtimoiyot sohalaridagi resurslar hamda imkoniyatlardan ayollar va erkaklarning teng foydalanishini taʼminlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. “Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari toʻgʻrisida” hamda “Ayollarni zulm va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari shular jumlasidandir.
А.Саидов oʻz soʻzi yakunida seminar ishtirokchilarini Oʻzbekistonda toʻliq gender tengligi sari intilishni davom ettirishga chaqirdi. YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisining xalqaro maslahatchisi Endryu Yukovskiy taʼkidlaganidek, BMT Xavfsizlik kengashi 2 000-yilda ayollar, tinchlik va xavfsizlik boʻyicha oʻzining birinchi tarixiy rezolyutsiyasini qabul qildi. Unda tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda mustahkamlashda ayollarning toʻlaqonli ishtiroki muhimligi jahon hamjamiyati darajasida ilk marta eʼtirof etilgan.
Oʻz navbatida, xalqaro ekspert Yelena Moll “Ayollar yetakchiligini ragʻbatlantirish” tashabbusining strategik ahamiyatiga eʼtiborni qaratdi. Uning fikricha, mazkur trening nafaqat ishtirokchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi, balki koʻp tarmoqli bilim va tajriba almashish, shuningdek, turli sohalarning yetakchi ayollari oʻrtasida ilgʻor amaliyotlar shakllanishi uchun oʻziga xos platforma vazifasini oʻtaydi.
Trening doirasida ayollar yetakchiligini targʻib qilish boʻyicha xalqaro va milliy ekspertlar oʻz bilim, koʻnikma va tajribalari bilan oʻrtoqlashyapti. Ular dunyoning turli mintaqalarida yetakchilik rollarini egallashda ayollar duch keladigan asosiy muammo va qiyinchiliklarni tahlil etgan holda, bu boradagi eng maqbul yechimlarni ilgari suryapti.
Muhokamalarda muvaffaqiyatli amaliyot va strategiyalar izchil oʻrganilyapti. Xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi taʼsirini oshirishga qaratilgan normalar va qonunchilik chora-tadbirlarini hayotimizga samarali tatbiq etishga oid misollar atroflicha koʻrib chiqilyapti.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.