Bugun ana shunday koʻrgazma-yarmarkasi viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Namanganda tashkil etildi.

Bugun ana shunday koʻrgazma-yarmarkasi viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Namanganda tashkil etildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar masʼul xodimlari, Namangan davlat universiteti hamda yuridik texnikum oʻqituvchi va talabalari ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari, “Bolalar uchun yuridik ensiklopediya”,  “Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya”, “Ayollarga huquqiy madad” nomli amaliy qoʻllanmalar va bir qator huquqiy adabiyotlar koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi.

Ushbu koʻrgazma-yarmarkada shunchaki vaqtini bekor oʻtkazuvchilar emas, balki real xaridorlar, sohaning chinakam bilimdonlari va fidoyilari, kitobni chindan qadrlovchilar ishtirok etdi.

Huquqiy adabiyotlar koʻrgazma-yarmarkalari Namangan viloyati boʻylab davom etadi.