Ayni paytga qadar “Huquqingiz bor” loyihasi doirasida TDYUUning yetakchi mutaxassislari, professor-oʻqituvchilari, shuningdek yosh olimlar tomonidan aholining huquq va erkinliklarini amalga oshirishda yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal etish borasida malakali yuridik maslahatlar berish, ayollarning tazyiqlardan himoyalanish bilan bogʻliq huquq va erkinliklarini tushuntirish va himoya qilish, gender tengligini taʼminlash, joylardagi inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish sohasida hayotiy vaziyatni oʻrgangan holda yuridik fan va huquqni qoʻllash amaliyotining uygʻunligini taʼminlash borasida zarur tavsiya va koʻrsatmalar berilgan 20 ta risola tayyorlanib, nashr etildi.

Yer olish, bola uchun aliment undirish, zoʻravonlikdan himoyalanish, yoʻl harakatida qatnashish, meros olish, xorijda ishlash va boshqalar kabi hayotimizning turli jabhalarida uchraydigan muammoli vaziyatlarni qamrab olgan risolarning elektron nusxalari “Legal Tech” laboratoriyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Huquqiy shahar” mobil ilovasiga joylandi.

Hozirda mobil ilova faqat Android operatsion tizimi uchun moʻljallangan boʻlib, uni “Play Market” orqali yuklab olishingiz mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi