Unga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
  • jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
  • aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
  • huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Shuningdek, Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi boʻyicha maʼlumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.