«Husanov bilan yaqinda gaplashdim. Milliy jamoa oʻyinidan keyin Angliyaga qaytib borgach, darhol kubok oʻyinida asosiy tarkibda tushdi. Osiyo qitʼasida ikkita oʻyin oʻtkazib Angliyaga borganda baribir vaqt va iqlim farqi tufayli biroz moslashish jarayoni kechadi.
“Bornmut”ga qarshi bahsning birinchi taymida nafaqat Husanov balki “Siti”ning deyarli barcha futbolchilari oʻynay olishmadi. Abduqodir sariq kartochka olgani uchun Gvardiola uni almashtirdi. Bundan tashqari, oʻsha bahsda raqib hujumchisi bilan toʻqnashuvda oyogʻidan kichik jarohat olgan ekan.
Shu sabab keyingi bahsda uni qaydnomaga ham kiritishmadi. Davolanib olishga imkon berishibdi. Manchester derbisida esa zaxiraga kiritildi», — dedi Kapadze.