баннер
20 Mar 2025
01:28

    Husanovning transfer narxi 35 million yevroga koʻtarildi

    Shu yilning 18-mart kuni, Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining transfer narxlarining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, ushbu yangilanishda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Manchester Siti“ klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 million yevrodan 35 million yevroga koʻtarildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi bir yilda Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 million yevroga, oktyabr oyida esa 5 million yevroga, dekabr oyiga kelib 12 million yevrogacha koʻtarilgan edi.

    Abduqodir Husanov qishda Angliyaga koʻchib oʻtgach, 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1-marta raqib darvozasini ishgʻol qildi. Shuningdek, himoyachi “shaharliklar” safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.

    Husanov shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi safida harakat qilgan eng qimmat futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech