Husayn Boyqarodan qolgan "xazina" qayerda saqlanmoqda?

    Oʻzi forsiy va turkiy tillarida gʻazal bitish iqtidoriga ega boʻlsa-da, asosan turkiyda “Husayniy” taxallusi bilan ijod etgan.

    Xuroson hukmdori, Temuriylar sulolasi vakili Husayn Boyqaro mamlakatni 37 yilga yaqin boshqargan.

    Husayn Boyqaro deganda koʻz oldimizda Alisher Navoiy bilan bir zamonda yashagan, maishatga berilgan, nabirasi Moʻmin Mirzoning oʻlimiga sababchi boʻlgan hukmdor gavdalanadi.

    Lekin Husayn Boyqaro maʼrifatparvar hukmdor boʻlgan. U eski oʻzbek tili taqdiriga befarq emas edi, uning rivoji uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Oʻzi forsiy va turkiy tillarida gʻazal bitish iqtidoriga ega boʻlsada, asosan turkiyda “Husayniy” taxallusi bilan ijod etgan.

    Husayn Boyqaroga tegishli devonning koʻplab nusxalari bizgacha yetib kelgan. Uning qalamiga mansub “Devoni Husayniy”ning qadimiy nusxalaridan biri ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlanmoqda.