Yaman shimolida hukmronlik qiluvchi shialarning “Ansor Allah” harakati (husiylar) Adan ko'rfazida Isroil kemasiga hujum qilganini e'lon qildi. Bu haqda husiylar qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariya ma'lum qildi.
Unga ko'ra, husiylar harbiy-dengiz kuchlari, uchuvchisiz va raketa bo'linmalari qo'shma operatsiya o'tkazgan, ular davomida Adan ko'rfazida Isroilning MSC UNIFIC kemasiga ballistik raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan hujum qilgan.
Sariya, shuningdek, “Ansor Alloh” Isroil janubidagi Eylat hududidagi bir qator harbiy nishonlarga hujum qilish uchun dronlardan foydalanganini aytdi, deb xabar beradi gazeta.ru.
10-iyulga o'tar kechasi husiylar Arab dengizi va Adan ko'rfazida Isroil va AQSh bilan bog'liq kemalarga uch bor hujum uyushtirganini e'lon qilgandi.
8-iyul kuni AQSh qurolli kuchlari Yamanga yangi zarba berib, “Ansor Alloh” harakatining ikkita dronini yo'q qilgani xabar qilingan edi.