баннер
21 Mar 2025
22:45

    Husiylar Qizil dengizda AQSh samolyot tashuvchi kemasiga yana zarba berganini ma'lum qildi

    Hujum ikkita qanotli raketa va ikkita dron yordamida amalga oshirilgan.

    Yamanning “Ansor Alloh” harakatining husiy isyonchilari AQShning Yamandagi zarbalariga javoban Qizil dengizdagi AQShning USS Harry Truman samolyot tashuvchi kemasiga 48 soat ichida uchinchi marta zarba berdi. Bu haqda husiylar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya o'zining Telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

    Qayd etilishicha, hujum ikkita qanotli raketa va ikkita dron yordamida amalga oshirilgan. Bundan tashqari, husiylar AQSh esminetsiga qanotli raketa va to'rtta dron bilan zarba berishdi.

    Saria 16-mart kuni USS Harry Truman kemasi va unga hamroh bo'lgan kemalarga 18 ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dron yordamida hujum qilinganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, husiylar Qizil dengiz va Adan ko'rfazidagi AQSh harbiy kemalariga hujum qilishda davom etadi va Isroil G'azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berishni tiklamaguncha Isroilning Bob al-Mandeb bo'g'ozidan tijoriy yuk tashishlarini to'sib qo'yadi.

    15-mart kuni AQSh Qurolli kuchlari Prezident Donald Trampning buyrug'i bilan Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududga ommaviy zarbalar berishni boshladi. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo'mondonligi operatsiya Amerika manfaatlarini himoya qilish va kemalar erkin harakatlanishini ta'minlashga qaratilganini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech