Qizil dengizda Yamanning husiy isyonchilari neft xomayoshsi bor ikkita tankerga hujum qildi: Panama bayrog'i ostidagi, Gretsiya tomonidan boshqariladigan MV Blue Lagoon I va Saudiya Arabistoni bayrog'i ostidagi, Gretsiya tomonidan boshqariladigan MV Amjad.
Bu haqda AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) ma'lum qildi.
Bayonotda, hujum oqibatida har ikki tankerning ham zarar ko'rganligi ma'lum qilindi. CENTCOM ma'lumotlariga ko'ra, MV Amjad tankerida taxminan ikki million barrel neft bor. Bu 21-avgust kuni husiylar tomonidan hujumga uchragan Gretsiyaga tegishli MV Delta Sounion tankerining yukidan ikki barobar ko'p, deb xabar beradi dw.com.