Husiylarning Yaman qirg'oqlari yaqinida yana bir yuk kemasiga hujum qilishi oqibatida uch ekipaj a'zosi halok bo'ldi

    Yamanlik husiylarning Yaman qirg'oqlari yaqinidagi Aden ko'rfazida raketa hujumi oqibatida True Confidence yuk kemasi zarar ko'rdi.

    Harbiy havo kuchlarining xabar berishicha, zarba oqibatida uch nafar ekipaj a'zosi halok bo'ldi. Bu husiylar boshchiligida savdo kemalariga qilingan hujumlar tufayli birinchi bor odamlarning o'limi bilan tugagan holatdir.

    Yamanning katta qismini nazorat qiluvchi va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan husiylar avvalroq Qizil dengiz orqali Isroilga yo'l olgan har qanday kemalarga hujum qilishda davom etishlari haqida ogohlantirgan edi. Ular Isroilning HAMAS guruhiga qarshi urushida shu yo'l bilan falastinliklarni qo'llab-quvvatlayotganliklarini ta'kidlab kelishadi.

    Raketa (yoki raketalar) chorshanba kuni soat 11:30 da Liberiya kompaniyasiga tegishli bo'lgan va Barbados bayrog'ini ko'tarib turgan True Confidence kemasiga borib urildi, deb xabar beradi report.az.

    O'shanda kema Yamanning Aden shahridan janubi-g'arbda taxminan 50 dengiz milya (93 kilometr) uzoqlikda bo'lgan, dedi yuk kemasi egalari va boshqaruvchilari.