Bu haqida Prezidentning “Mamlakatda yangi ishlanmalarga asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF–54-son, 04.04.2026 y.)da belgilab berildi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan boshlab:
- korxonalarning ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil davomida davlat ulushini xususiylashtirish man etiladi;
- korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qarorini qabul qilish hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining oldindan roziligini olish talab etilmaydi;
- korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi;
- korxonalarning mehnat jamoasi tarkibida muassisning professor-o‘qituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi;
- korxonaga investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) bo‘yicha vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi.