Maʼlum qilinishicha, Yangiyoʻl shahar Ichki ishlar boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan «Yangihaёт» mahallasi hududida joylashgan xonadon oʻrganilgan.
Tekshiruv davomida ushbu xonadon egasi hovlisidagi issiqxona (parnik) ichida tarkibida giyohvandlik vositasi mavjud boʻlgan 22 tup oʻsimlikni parvarishlab, yetishtirib kelayotganи aniqlangan.
Aniqlangan oʻsimliklar xolislar ishtirokida ashyoiy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl shahar IIB tomonidan 53 yoshli fuqaro B.M.ga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.