Mutafakkirning 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma'lum. Biroq bizgacha 242 ta asari etib kelgan. Shulardan 43 tasi tibbiyotga, 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o'ndan ortig'i astronomiyaga oiddir.
Ibn Sinoning Aristotel` ta'limoti xususida Beruniy va o'zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhur.
Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo'lganidan, Ibn Sino u bilan do'stlashgan va unga atab «Risola al-iksir» asarini yozgan.
Jurjonda esa Abu Ubayd Juzjoniy bilan do'stlashadi. U Ibn Sino bilan olimning so'nggi damigacha, 25 yil davomida birga bo'ladi.
Ibn Sinoning xorij va yurtimizdagi qo'lyozma asarlari haqida “O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblardan bilib olishingiz mumkin.