Ibroyim Yusupov haqida film suratga olinadi

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” studiyasi tomonidan “Ashыq ayaz” hujjatli filmi suratga olinadi.

    Mazkur film Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bagʻishlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan “Xalq yuragi” turkum filmlaridan biri.

    Ssenariy muallifi Muratbay Nыzanov, rejissyor Aziz Askarov, operator Asenbay Askarov. Filmda shoirning yashagan davrlari, adiblar va shogirdlarining intervyularidan foydalaniladi.

    Kinematografiya agentligi axborot xizmati