Tadqiqot davomida olimlar 1000 ga yaqin bemorning ovqat hazm qilish tizimidagi arterial blyashkalarni, siydik kislotasi darajasini va mikroblarni tahlil qilishdi. Ular ortiqcha siydik kislotasi arteriyalarning tiqilib qolishi bilan bevosita bog'liq degan xulosaga kelishdi.
Keyin yana bir tajribada tadqiqotchilar yoshi katta sichqonlarning ichak mikrobiomini mikrobsiz ichak bilan tug'ilgan sichqonlarga ko'chirib o'tkazishdi. Ma'lum bo'lishicha, himoya ta'siri bakteriyalarni ko'chirib o'tkazish bilan yuzaga kelgan. Biroq arteriyalarida bir nechta blyashka mavjud bo'lgan va qonida siydik kislotasi yuqori bo'lgan sichqonlardan mikrobiomni olgan jonivorlarda donorlardagi kabi holat qayd etildi. Siydik kislotasi kamroq va sog'lom qon tomirlari bo'lgan hayvonlardan mikrobiomlarni olgan sichqonlarda siydik kislotasi va arterial blokirovka darajasi pastligicha qolmoqda.
Shundan so'ng tadqiqotchilar himoya ta'sirini ta'minlaydigan bakteriyalarni aniqlashdi. Bu mikroblar ichakning kam kislorodli muhitida siydik kislotasini parchalashga muvaffaq bo'ldi. Tadqiqotchilar jamoasi bu kashfiyot podagrani davolash yoki yurak xastaligining oldini olish uchun yangi usullarga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda, deb xabar beradi lenta.ru.