баннер
21 Mar 2025
23:55

    “Ichan qalʼa” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna

    Koʻp davlatlar bunday sahna pavilyoni qurishga millionlab dollar sarflayapti.

    «Dunyoda sunʼiy intellekt, innovatsiya, raqamli va yashil texnologiyalar, kreativ xizmatlar orqali “katta sakrash” boʻlayapti.
    Yurtimizning betakror tabiati, togʻ va yaylovlari, tarixiy obidalari – kino industriyasi, konsert-tomosha faoliyati va turizmda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyat«, — dedi davlatimiz rahbari.

    Masalan, “Ichan qalʼa” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna. Koʻp davlatlar bunday sahna pavilyoni qurishga millionlab dollar sarflayapti.

    Yoki, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qoʻqon, Namangan kabi yirik shaharlarimizda xalqaro koʻrgazma, forum va konsertlar oʻtkazish uchun barcha imkoniyatlar bor.

    «Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman», — dedi davlatimiz rahbari.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech