Quduq muzey qo'riqxona hududining markazida, Matpanoboy madrasasining shimoliy-sharqiy burchagida joylashgan. Quduqning diametri 190 sm bo'lib, chuqurligi saqlanib qolgan joyigacha 195 smni tashkil qiladi.
Quduq pastdan yuqoriga tomon torayib yuqori qismi gumbazsimon ko'rinishda yopib qo'yilgan. Quduqning eng yuqori qismida g'arb tomondan ichi yashil tusdagi bo'yoq bilan sirlangan sopol quvurlar tarmog'i kelib ulangan. Quduq devorlari ancha yaxshi saqlangan. Quduq uchun ishlatilgan g'ishtlar 30x30x5 sm hajmga ega.