Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvidan olingan 102 895 ta sinov tahlilning 9 378 tasida (9,1%) ichimlik suv sifati belgilangan sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida 2021-yilda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv chiqarish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha, jami 580 ta qurilish obyekti monitoring qilinib, ulardagi 731 dan ortiq aniqlangan kamchilik joyida bartaraf etildi.