Vebinarni “ISO 9001” (sifat), “ISO 14001” (ekologiya), “ISO 50001” (energiya), “ISO 45001” (mehnatni muhofaza qilish) xalqaro standartlariga muvofiq menejment tizimlari sohasida “TUV Thuringen” (Germaniya), “Cert International” (Slovakiya)ning xalqaro auditori A.K. Xusenov tomonidan oʻtkazildi.

Vebinarda “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Muborak neft gaz suvtaʼminot” MCHJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ Fargʻona, Andijon va Toʻraqoʻrgʻon neft bazalari, “Gissarneftgaz” MCHJ QKsidan 45 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar vebinar davomida yangi “ISO 45001:2018” standarti tarkibidagi yangiliklar, audit, atamalar va taʼriflar, auditning turlari, auditning asosiy bosqichlari, auditorning ishlash usullari, “Mos kelmaslik” tushunchasi va audit tamoyillari kabi mavzularda oʻzaro fikrlar almashishdi.

Ishtirokchilar tomonidan boshqa xalqaro standartlar boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish boʻyicha qator takliflar bildirildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati