Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, o‘z burchini sharaf va mas’uliyat bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    II darajali «Shon sharaf» ordeni bilan

    Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

    «Mardlik» ordeni bilan

    Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri

    Xusanov Ilyos Pardayevich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori


    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti

    Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i

    Xatamov Rustam Abduganiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i

    «Jasorat» medali bilan

    Abbasov Avliyo Israilxonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

    Karimkulova Sayyora Kudratovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori

    Xaitov Abdunayim Xayrullayevich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili

    Xudaynazarov Sanjar Farxodovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili


    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Abbasov Rustam Abdullajanovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi

    Isayev Istam Qoryog‘diyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri o‘rinbosari

    Maxmudov Xurshid Xusanovich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori

    Masharipov Atabek Sultanbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

    Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

    Taganov Rasulbek Sobirovich - Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri

    Uralov Jaxongir Mamatkulovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

    Xolmatov Baxodir Fozilovich - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili

    Choriyev Shuxrat Amirovich - Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

    Shamalov Tuychibay Dexkambayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori

    Egamova Dilfuza Rabbimkulovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

    «Shuhrat» medali bilan

    Jumanov To‘lqinboy Sattorovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari

    Qulturayev Utkir Quyliyevich - Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i

    Xasanov Dilshod Uktamjonovich - Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

    Xudoyberdiyev Sherzod Sayfulloyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi boshlig‘i

    Eraxmatov Dilshodbek Rejabovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni bo‘linma komandiri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev