Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanyapti. Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.
Kodeks:
ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat qoidalarini;
xizmat intizomiga talablarni;
rahbarlar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni;
rahbariyatni harakatlariga shikoyat keltirish tartibini belgilaydi.
Maʼlumot uchun: Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
tanbeh;
hayfsan;
qattiq hayfsan;
lavozim maoshining 50 %dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
egallab turgan lavozimidan ozod etish;
gaupvaxtada hibsda ushlab turish;
ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish.
Shuningdek, Farmonga muvofiq:
- 2023-yil yakuniga qadar “E-nomzod” elektron axborot tizimi joriy etilishi hisobiga ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi soddalashtiriladi;
- jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida IIV va hududiy tarkibiy tuzilmalarida jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi;
- ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor-qidiruv faoliyati” taʼlim yoʻnalishlariga, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qoʻshimcha har yillik qabul kvotasi kiritiladi”;
- ilk bor xizmatga qabul qilinayotgan xodimlar uchun sinov muddati bir yil etib belgilanadi;
- 2023-yil sentyabr oyidan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati boʻlinmalari xodimlari ushbu sohalarda xizmatni davom ettirishlari uchun har uch yilda IIV Malaka oshirish institutida malaka oshirishlari lozim boʻladi, deb xabar beradi “Norma”.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 21-yanvardan kuchga kirdi.