Ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim tizimdan boʻshatilgan

    Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar formasidagi mast erkak videosi tarqaldi.

    Viloyat IIB matbuot kotibi vaziyatga oydindik kiritdi.

    Taʼkidlanishicha, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOlariga xizmatga 2023-yil 20-noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. “Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlari” uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan boʻshatilgan.

    Xozirda, ushbu holatni kelib chiqishiga yoʻl qoʻygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.