Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida

    Hujjatlar 25 Oktabr 2022 5791

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Mardlik» ordeni bilan

    Sobirov Azizbek Ulug‘bekovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Axmedova Asiya Mustafayevna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

    Bekmurzayev Azamat Yerejepbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Nukus aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

    «Jasorat» medali bilan

    Aripov Qurbonali Abduraximovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

    Sidiqov Dilshod G‘ayratovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti otryad kichik mutaxassisi

    Sobitov Jobirxon Sodiqxonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Saidov Odilbek Kudratovich – Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

    Sirajova Maxfuza Eshmurzayevna – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori

    Umarov Aslitdin Muxtarovich – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati safdor xodimi

    Umedov Mexriddin Xamidovich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

    Xayitboyev Xamidullo Mirabdullo o‘g‘li – Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

    Xomidov Yursunali Shokirovich – Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

    «Shuhrat» medali bilan

    Dushamov Dilshod Kuzibayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

    Qalandarov Baxodir Sapayevich – Xorazm viloyati Yangiariq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

    Normatov To‘lanboy Abdunazarovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

    Talbabayeva Nargiza Abdurasulovna – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti inspektori

    Fattullayev Bobir Nematovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i

    Xudoyqulov Alisher Abdumajidovich – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

    Egamberdiyev Fozil Safarboyevich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

    Yusupov Qahramon Yuldashboyevich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOЕV

    Toshkent shahri,

    2022-yil 24-oktyabr