Nizomga koʻra, ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovi quyidagi nominatsiyalar boʻyicha hududiy saralash va respublika final bosqichlarida oʻtkaziladi:

➖ “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi”;

➖ “Eng yaxshi profilaktika inspektori”;

➖ “Eng yaxshi tergovchi”;

➖ “Eng yaxshi tezkor xodim”.

Tanlovda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati sohalarida kamida bir yil, “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” nominatsiyasi boʻyicha hududiy ichki ishlar organi rahbarlik lavozimlarida kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar IIVning “www.iiv.uz” rasmiy veb-sayti orqali har yili iyun-iyul oylari davomida roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov har yili 1-avgustdan 30-sentyabrgacha quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

hududiy saralash bosqichi – avgust oyida;

respublika final bosqichi – sentyabr oyida.

Respublika bosqichi gʻoliblari bir oylik pul taʼminotining 50 foizi miqdorida, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan xodimlar tegishlicha bir oylik pul taʼminotining 20 va 10 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy ragʻbatlantiriladi.

Gʻoliblar va sovrindorlar har yili “25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirida eʼlon qilinadi.