Ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtiriladi

    Raqamlashtirish 6 May 2025 1288

    “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ-155-son, 30.04.2025-y.) qabul qilindi.

    Ichki ishlar organlari tizimini 2025–2027-yillarda raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi.

    Jumladan:

    • — ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish;
    • — ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga masʼul boʻlinmalarning faoliyatini yagona boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmlari asosida muvofiqlashtirish, ular tarkibida “raqamli jamoa”ni shakllantirish;
    • — jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish;
    • — Shuningdek, Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.

    Bundan tashqari, sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshligʻi lavozimi joriy etiladi.