
polkovnik
Izbasarov Baxtjan Almaxanovich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Izbosarov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Boltaev Jonibek Hamidovich
Buxoro viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Boltaev Buxoro viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

polkovnik
Radjapov Bunyod Madirimovich
Xorazm viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Radjapov Xorazm viloyati IIB boshlig'ining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
IIV Axborot xizmati