баннер
16 Mar 2025
12:35

    Ichki ishlar vaziri har oyning oxirgi yakshanbasida fuqarolarni qabul qiladi

    Hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari esa haftaning har yakshanba kuni qabullar oʻtkazadi.

    Ichki ishlar vazirligining mutasaddi rahbarlari qabul kunlari va sayyor qabul kunlari maʼlum qilindi.

    Qayd etilishicha, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan haftaning har yakshanba kuni, Ichki ishlar vaziri tomonidan esa har oyning oxirgi yakshanba kuni shaxsiy qabullar hamda joylarda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilishi belgilandi.

    Bunda fuqarolarning hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band boʻlishi eʼtiborga olindi. Murojaat qiluvchilarning

    Ichki ishlar vaziri, uning oʻrinbosarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtiriladi.

    Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ichki ishlar vaziri hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan yakshanba kunlari oʻtkaziladigan sayyor qabullarning vaqti va joyi toʻgʻrisida IIVning internetdagi sahifasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBlari tomonidan maʼlum qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech