Memorandumga koʻra, endilikda, Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi xodimlari Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va shu kabi manzillarda oʻz ijodiy malakalarini oshirishadi.

Taʼkidlash joizki, bugun ikki tomonlama kelishuvga asosan imzolangan, ushbu memorandum doirasida amalga oshiriladigan hamkorliklar nafaqat maʼlum soha rivojiga, balki mamlakatimiz istiqboli uchun ham xizmat qilib, koʻplab yoshlar hayotida yangi sahifalar ochilishiga zamin yaratadi.