Ichki ishlar vazirligi nuroniylarining Jizzax viloyatiga tashrifi: uch avlod uchrashuvi konferensiyasi

    16-may kuni Jizzax davlat Pedagogika universitetiga ichki ishlar nuroniylari – General mayor Davron Nazarov Abidovich, general polkovnik Zokirjon Almatov Asadovich, general mayor Sayfulla Asadov Asadovich, Abdugʻaffor Sattorov Hamidovich, professor polkovnik Oʻtkir Ahmedov Ashurmatovich kelayotganini eshitib, men ham ushbu konferensiyada qatnashdim.

    Kirib kelishlarini, ularning formalari, koʻksilaridagi qator medallarni koʻrib biroz hayajonladim.

    Ammo mehmonlar kelib joylashgani va oʻz nutqlarini boshlaganidan keyin hayajonim tarqab ketdi. Universitet rektori professor Sh. Sharipov ular bilan ochiq, erkin muloqot boʻlishini maʼlum qildi. Polkovnik, fan doktori, professor Abdugʻaffor Sattorov Hamidovich konferensiya ishtirokchilariga “Unutilmas xotiralar ” kitobini sovgʻa qilib, mustaqillikka erishgan ilk damlarimiz haqida biz bilmagan juda koʻp maʼlumotlarni aytib berdi.

    Soʻz general mayor Sayfullo Asadov Asadovichga berildi. U yigʻilganlar bilan oʻz fikrlarini boʻlishdi. Ibn Xoldunning kitoblarini oʻqishni maslahat berdi. Ayniqsa, pedagogika universiteti ilmning markazi ekanini, ilm shu yerdan tarqalishini taʼkidlab oʻtdi.

    Uchrashuv Jizzax viloyati boʻylab davom etdi. Xullas, ushbu uchrashuv menda yorqin xotira sifatida muhrlandi.

    X.Odiljonova,

    JDPU stajyor oʻqituvchisi