Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berishicha, mazkur voqea 2022-yil 29-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi Chirchiq daryosidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi Bosh prokurotura xabarida.