Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar oʻtkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari toʻplanib qolgani maʼlum boʻldi.
Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obroʻsini oshirish boʻyicha qator yangiliklar eʼlon qilindi.
Jumladan:
- joriy yil 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada koʻp yillik staji uchun 5 million soʻmgacha oylik ustama beriladi.
- Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.
- Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik toʻlov 1,8 million soʻmdan 3,1 million soʻmga oshiriladi.
- Shuningdek, 1-fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.