ichki ishlar organlariga oʻz tashabbusiga koʻra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi beriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining oʻzida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi;
narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish mumkin boʻladi;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud boʻsh koykalar soni toʻgʻrisida maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda Oliy sud va IIVga ushbu tizimdan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar boʻlimlarida 1 stavkadan faoliyat koʻrsatuvchi tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi;
tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.