Vesti.kz sayti xabariga koʻra, “Tobol” klubi hujumchisi, hamyurtimiz Igor Sergeyevning transfer bahosi 1,7 million yevro etib belgilangan. Bu Sergey Qozogʻistondagi eng qimmat futbolchi ekanligini bildiradi.

“Qayrat”ning polshalik yarim himoyachisi Yatsek Guralski ikkinchi oʻrindan joy olgan. Uning transfer bahosi 1,6 million yevro. Uchlikni ikki futbolchi “Qayrat” oʻyinchisi Xose Kante va “Astana” hujumchisi Muhammad Kamara band etgan – 1,4 million yevro.

Oʻzbekiston milliy temasi hujumchisi Igor Sergeyev joriy mavsum Qozogʻiston Premyer-ligasida 15 oʻyinda maydonga tushgan va 6ta gol bilan toʻpurarlar qatorida bormoqda.