Qozog'istonning “Tobol” klubi va O'zbekiston milliy termasi hujumchisi Igor` Sergeev Moskvaning “Torpedo” klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda sports.kz xabar tarqatdi.
“Moskva klubi hujum chizig'ini Igor` Sergeev bilan kuchaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.
“Tobol” klubi matbuot xizmati bunga munosabat bildirar ekan, Igor` Sergeevning amalda shartnomasi borligini eslatgan.
“Ayni damda Igor` Sergeev “Tobol” futbolchisi. Uning jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor. ehtimol, “Torpedo” hujumchining o'zi bilan aloqaga chiqqandir”, degan klub vakili Rossiyaning Sport24 sayti muxbiriga.
Haqiqatan ham, 29 yoshli hujumchining qozoq klubi bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yakuniga qadar belgilangan. SHundan keyingina u erkin agent sifatida jamosini o'zgartishi mumkin.
Transfer amalga oshsa, Igor` yana bir futbolchimiz Hojimat erkinovning jamoadoshiga aylanadi.
I. Sergeev joriy mavsum Qozog'iston chempionatida 16 o'yinda 6ta gol kiritdi.