Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan soʻng, yuqori martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT samitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.