IHTga aʼzo davlatlar oshpazlari ishtirokida gastronomik festival oʻtkazildi

    Turizm 26 Aprel 2024 832

    “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” xalqaro tadbirlari doirasida IHTga aʼzo davlatlardan tashrif buyurgan mahoratli oshpazlar ishtirokida gastronomik festival tashkil etildi.

    “Shahrisabz pazandachilik bellashuvi” nomi ostida oʻtkazilgan festivalda 30 dan ortiq oshpazlar oʻz davlatlarining eng sara milliy taomlarini tarixiy maydondagi “Hunarmandlar markazi” hududida tayyorlab tadbir ishtirokchilariga taqdim etdi.

    IHT Bosh kotibi Husrav Noziri Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev hamrohligida har bir davlat oshpazlari uchun qurilgan oʻziga xos “oshxonalar”da boʻlib, taomlarning tayyorlanishi jarayonlari bilan tanishdi va ularni tatib koʻrib, oshpazlar mahoratiga baho berdi.

    Gastronomik festivalda barcha oshpazlar nafaqat xalqaro tadbir ishtirokchilari uchun, balki mahalliy aholi vakillari uchun ham kun davomida xizmat koʻrsatdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.