Joriy yil 31-mayda mazkur anjumanda xalqaro tadbirni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etildi.
Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yigʻilishida rasmiylar tomonidan Tashkilotda turizm yoʻnalishi boʻyicha raislik Ozarbayjondan Oʻzbekistonga oʻtganligi eʼlon qilindi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston raisligi doirasida Tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida turizm hamkorligini, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yoʻnalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.