Qayd etilishicha, 4-iyuldan 5-iyulga oʻtar kechasi tungi soat 03:30 larda Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birining ichida yongʻin chiqqan. Tungi xizmatga jalb qilingan bir nechta xodim buni sezib qolgan. IIB xodimlari ichkarida 3 nafar fuqaro uxlab yotganini koʻrishgan.

Shundan soʻng ular deraza oynasini sindirib, kuchli tutun taʼsirida karaxt boʻlib qolgan fuqarolarni koʻchaga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordamni koʻrsatishgan.

3 nafar fuqaroning hammasi hozirda sogʻ salomat.