IIBB BAA — Oʻzbekiston uchrashuvi oldidan futbol muxlislarini ogohlantiradi

    Xavfsizlik 14 May 2025 874

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 5-iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi.

    Ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, mazkur uchrashuvga qiziqish yuqori boʻlib, ayrim turistik kompaniyalar tomonidan muxlislar uchun oʻyin chiptalari kafolatlangan tur paketlar taklif etilayotgani kuzatilmoqda.

    Biroq, ayni paytda BAAda boʻlib oʻtadigan uchrashuv chiptalari rasman sotuvga chiqmagan. Shu bois IIBB futbol muxlislarini “oʻyin bileti kafolatlangan“ paketlarni xarid qilishda ogohlikka chaqirdi.