Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Bugungi kunda barcha davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlarida korrupsiya koʻrinishlariga qarshi murosasiz kurash davom etmoqda.
Shu jumladan, ichki ishlar organlarida ham oʻz saflarini turli huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil xodimlardan tozalash ishlari jadal olib borilmoqda.
Ushbu dolzarb vazifalarni ijrosini taʼminlash jarayonida, joriy yilning 16-mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimlari giyovand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashganlari aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qoʻlga olinganlar.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hech bir koʻrinishdagi jinoiy qilmishlar jazosiz qolmasligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda.