Qatar politsiya akademiyasi rahbari Abdulrahmon Majid al-Sulaiti davlatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar yuksak ishonch ruhi bilan rivojlanib borayotgani, taʼlim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kelgusidagi maqsadlar sari muhim qadam boʻlishini eʼtirof etdi.
Delegatsiya rahbari, IIV akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari zamonaviy taraqqiyot yoʻlidan borayotgan Qatar Davlatining raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, zamonaviy taʼlim va boshqa yoʻnalishdagi ilgʻor tajribalarini oʻrganish ijobiy natija berishini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda manfaatli yoʻnalishlarda aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.