IIV Akademiyasida axborot xavfsizligi yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi

    Kursantlar bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun “Dasturiy injiniring”, “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” va “Digital Forenzika” oʻquv xonalari tashkil etiladi.

    Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida eksperiment tariqasida axborot xavfsizligi yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 339-son buyrugʻi qabul qilingan.

    Buyruq bilan IIV Akademiyasida 2022/2023 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan kursantlar orasidan eksperiment tariqasida “axborot xavfsizligi” yoʻnalishida alohida oʻquv guruhi tashkil etilishi belgilandi.

    Akademiya professor-oʻqituvchilari ushbu sohada xalqaro tajribani oʻrganish va malaka oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning (Hindiston, Turkiya, Koreya, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va boshqa) huquqni muhofaza qilish organlarida oʻqitilishi taʼminlanadi.

    Kursantlar bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun “Dasturiy injiniring”, “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” va “Digital Forenzika” oʻquv xonalari tashkil etiladi.

    Shuningdek, kursantlarning innovatsion dasturiy va texnik-dasturiy ishlanmalar yaratishga oid ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shugʻullanishlari uchun “Cyber Academy” va “Kiberxavfsizlik” nomli toʻgaraklar tashkil etiladi.