Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, qator vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalaridan vakillar, ichki ishlar organi faxriylari, professor-oʻqituvchilar, bitiruvchilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida saf maydoniga Akademiya jangovar bayrogʻi olib kirildi. Taʼlim maskani rahbari, polkovnik Rustam Xatamov bitiruvchilar va ularning ota-onalarini muborakbod etdi.
Aytish joizki, joriy oʻquv yili yakunida Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi taʼlim yoʻnalishini “tezkor-qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini psixologik taʼminlash faoliyati”, “yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati” hamda “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisliklari boʻyicha 631 nafar kursant tamomladi.
Kursantlar egallagan nazariy bilimlarini oʻquv jarayoni davomida hududiy ichki ishlar organlarida tashkil etilgan ish oʻrganish amaliyotlarida mustahkamlab bordilar. Bitiruvchilar oʻquv dasturlari boʻyicha Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini topshirib, malakaviy diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Bitiruv tadbirida yosh leytenantlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan 18 nafar aʼlochi kursant imtiyozli diplom bilan, yani bir nafar kursant esa “katta leytenant” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov soʻz olib, muhtaram Prezidentimiz ichki ishlar organlarini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida toʻxtaldi.
Tantanali tadbirda birituvchilar va ularning ota-onalari ham soʻzga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasi yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eʼtirof etdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati