IIV ayol xodimlari yangi formada ish boshlaydi

    Maʼlum boʻlishicha, Tojikistonda xodimlarning bayram va kunlik ishchi formasi yangi uslubda ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan.

    Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, ayol militsionerlar formasi atlas va adras matolaridan milliy va Yevropa uslubida tikilgan boʻlib, forma Sugʻd viloyati dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan.

    Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, ayol militsionerlar formasi Tojikiston prezidenti tomonidan tasdiqlanishi sababli prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan. Tasdiqlash masalasi haqida maʼlumot berilmagan.