IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolgʻon xabar haqida aholini ogohlantirmoqda

    Xavfsizlik 28 Sentabr 2020 1115

    Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi yolgʻon xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga IIV munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, bu kabi xabarlar, fuqarolar orasida vahima va davlat organlariga ishonchsizlik uygʻotish maqsadida oʻylab topilayotgan boʻhton hisoblanadi.

    “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu kabi masalalarga oid xabarlarni tarqatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik oʻzining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi, shuningdek vazirlikning tarkibiy yoki hududiy tuzilmalarining rasmiy sahifalari hamda boshqa OAV orqali murojaat qilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.