Qayd etilishicha, unda Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi Raisi lavozimiga Ichki ishlar vaziri, Tashpulatov Aziz Anvarovich saylandi.
Shuningdek, mazkur tadbir davomida Prezidentning 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-201-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan sportning voleybol turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi“ musobaqalariga start berildi.