Ijaraga uy topib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli fuqaro Y.А. bank kartasidagi 4.540.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirib olingani boʻyicha IIBga murojaat qildi.

    Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida tugʻilgan G.D. sodir etganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga qaraganda, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan G.D., jabrlanuvchi Y.А. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga oʻzini ijaraga uy berishini aytib, aldov yoʻli bilan 4.540.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Hozirda holat yuzasidan G.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Eslatib oʻtamiz: qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.